AVOGADRO

AVOGADRO (Avogadro) Amedeo (1776. 9.6—1856. 9.7) — italyan fizigi va kimyogari. Turin universiteti professori. (1820). Avogardo 1811 yilda molekulalar haqidagi keyinchalik tasdiqlangan moddalar tuzilishining molekulyar gipotezasini olg’a surgan. U o’sha yili keyinchalik uning nomi bilan atalgan qonunini kashf etib, shu asosda molekula va atom og’irliklarini aniqlash usulini ishlab chiqqan. Universal doimiy — Avogadro soni Avogardo nomi bilan ataladi.