AVSTRALIYA TILLARI

AVSTRALIYA TILLARI — Avstraliya tub aholisining tillari. Papua tili, Miriam va Tasman tillari bundan mustasno, to’la o’rganilmagan. Tillarning umumiy soni (dialektlar o’rtasidagi 1 farqning kattaligidan) 200 dan 600 gacha deb hisoblanadi. Avstraliya tillari hududiy belgiga ko’ra quyidagicha tasnif qilinadi: shimoliy Kimberlin tillari (varoro, kokoyimidir va boshqalar); Janubiy-Sharqiy Avstraliya tillari (buandiq, kulin, kurpai va boshqalar); Markaziy Avstraliya tillari (parnkala, dieri, aranta va boshqalar); G’arbiy Avstraliya tillari (yungar, loritya va boshqalar) hamda Kvinslend va yangi Uels tillari. Ularning lug’at tarkibi boy, ko’p ma’noli so’zlar ko’p. Hozirgi kunga kelib ko’pgina tillar barham topgan yoki yo’qolib bormoqda.