AVSTRALIYA FLORISTIK DUNYOSI

AVSTRALIYA FLORISTIK DUNYOSI — yer yuzidagi floristik dunyolardan biri. Unga Avstraliya qit’asi kiradi. Avstraliya floristik dunyosi o’ziga xosligi, juda qadimgiligi va endemlarga boyligi bilan ajralib turadi. Chunki mezozoy erasida Avstraliya Osiyoning yondosh qismlariga bog’lanib turgan. U Osiyodan ajralib qolgandan so’ng o’simliklar olami mustaqil, o’ziga xos ravishda rivojlana borgan. Avstraliya floristik dunyosi 12000 dan ziyod to’rni o’z ichiga oladi, shundan 570 turkumga mansub 9100 tur endemik (faqat Avstraliyaga xos) dir. Endemik turkumlarga Nakea (Proteaceae), Pultennaea (Fabaceac), Boronia (Rutaceae), Dampiera (Goodeniaceae) kabilar kiradi. Bu yerda Platyzomataceae, Austrobaileyaceae, Enblingiaceae, Davidsoniaceae, Akaniaceae kabi endemik oilalar ham bor. Avstraliya o’simliklar qoplamining shakllanishida Acacia, Eucalyptus, Casayrina, Melaleuca kabi turkumlarning vakillari katta rol o’ynaydi. Avstraliyaning g’arbiy va sharqiy qismlarini qadimda uzoq vaqt dengiz ajratib turganligi uchun uning Markaziy qismidagi ko’pgina o’simlik turlarining areallari bir-biridan uzilib qolgan. Baland tog’larning yon bag’irlari va katta Suvayirg’ich tizma platosining ayrim joylarida o’rmonlar cho’qqilargacha yetib bormaydi. Subalp va Alp o’tloqlarida shim. tog’ o’simliklaridan ayiqtovon, binafsha, veronika va gnafalium va boshqalar uchraydi. Avstraliyaning sho’rxok cho’llari (Markaziy rayonlari) sho’ra (qizil sho’ra, olabuta, izen), qumli yerlari qattiq tikanli (ayniqsa, Chenopodiaceae oilasiga mansub) o’simliklar (triodiya, spinifeks) b-n qoplangan. Bu rayonlarga shimoliy va sharqdan qattiq bargli butazorlar ulanib ketadi. Shimoliy-G’arb va Sharqda butazorlar tugab, asta-sekin past bo’yli fillodiya akasiyalari va evkaliptlar o’sadigan keng savannalar, undan ham narida savanna o’rmonlari keladi. Qit’aning Janubiy-G’arbida va sharqida dengizga yaqinlashgan sari doim yashil subtropik o’rmonlar, marjon dengizi sohillarida esa nam tropik o’rmonlar — gileyalar bor. Avstraliya floristik dunyosining subtropik va subantraktik o’rmonlarida bahaybat (balandligi 100 metr va diametri 2 metrgacha bo’lgan) evkaliptlar, daraxtsimon paporotniklar, sagovniklar va boshqa relikt o’simliklar o’sadi. Avstraliya butun dunyoda ekiladigan va qurg’oqchilikka chidamli o’simliklar (evkalipt va akasiyalar) vatanidir. Avstraliya floristik dunyosi o’simliklar dunyosining mag’zini qadimgi golantarktida florasi tashkil etadi. Avstraliya floristik dunyosi uchta floristik oblstiga bo’linadi (Taxtajyan, 1978): 1. Shimoliy-Sharqiy Avstraliya oblasti. Bu oblast o’ziga xos floraga ega 4 ta provintsiyaga bo’linadi: 1) Shimoliy Avstraliya provintsiyasi; 2) Kvinslend provintsiyasi; 3) Janubiy Sharqiy Avstraliya provintsiyasi; 4) Tasmaniya oblasti. 2. Janubiy — g’arbiy Avstraliya oblasti bitta — janubi-g’arbiy Avstraliya provintsiyasini o’z ichiga oladi. 3. Markaziy Avstraliya yoki Eremey oblsati ham bitta eremey provintsiyasidan iborat.