AVSTRIYA MILLIY BANKI

AVSTRIYA MILLIY BANKI (Osterreichishe National bank) — Avstriyaning Markaziy davlat banki. Katta shaharlarda bo’limlari va 7 filiali bor. Bosh idorasi Venada. 1922 yilda Avstriya Vengriya banki negizida tashkil etilgan. Aktivlari summasi 223,2 milliard. Avstriya shillingi (18,6 milliard AQSh dollari) (1989). Pul muomalasi va kreditni tartibga solish uchun Avtriya.milliy bankiga tijorat banklariga ssudalar berish, hisobot va operasiyalar bo’yicha foiz stavkalarini belgilash va o’zgartirish, shuningdek qimmatbaho qog’ozlar bilan ochiq bozorda operasiyalar o’tkazish huquqi berilgan.