FREYD (FREUD) ZIGMUND
FREYD (FREUD) ZIGMUND (1856.6.5, Frayberg, Avstriya-Vengriya—1939. 23.9, Kempsted, Buyuk Britaniya) — avstriyalik psixiatr vrach, psixolog. Freydizm asoschisi. 1902 yildan Vena universiteti professor, 1938 yildan Angliyada. Freydning dastlabki tadqiqotlari bosh miya fiziologiyasi va anatomiyasiga bag’ishlangan. 19-asrning 80-yillarida nevrozlar muammosiga, 90-yillarning o’rtasidan boshlab esa ruhiy taxlil (psixoanaliz) asosida nevrozlarni davolash usuliga e’tiborini qaratdi. Individning psixoseksual rivojlanishi nazariyasini takomillashtirdi, fe’l-atvorning shakllanishi va uning patologiyasida bolalik davri kechinmalarini asosiy o’ringa qo’ydi. Psixoanaliz qoidalarini insoniyat madaniyatining turli sohalari — mifologiya, folklor, badiiy ijod, din va boshqalarga joriy qildi. Freydning ba’zi fikrlarini neofreydizm inkor etadi. Asosiy asarlari: «tushlar ta’biri» (1900), «kundalik xayot psixopatologiyasi» (1904), «psixoanalizga kirish bo’yicha ma’ruzalar» (1910), «Totem va tabu» (1913), «men va u» (1923), «Muso va tavhid» (1939).