FOTOLYUMINESSENTSIYA

FOTOLYUMINESSENTSIYA — yorug’lik nurlari va ultrabinafsha nurlar vujudga keltiradigan lyuminessentsiya turi. Fotolyuminessentsiyaning optik spektrlari (103-0,1 mkm to’lqin uzunlikdagi elektromagnit nurlanish spektrlari) chiziqli, yo’l-yo’l va uzluksiz (tutash) bo’lishi mumkin. Ularning qandayligi moddaning agregat (ba’zi xossalari sakrab-sakrab o’zgaradigan) holatiga, atomlar va molekulalarining vujudga kelish (uygonish) shartsharoitlariga bog’liq, faqat bug’lar Fotolyuminessentsiyasi spektrlarigina uyg’otuvchi nurlanish (yorug’lik nurlari va ultrabinafsha nurlar) to’lqinlari uzunligiga boglik bo’ladi. Fotolyuminessentsiyaning eng oddiy holi — atom bug’larining rezonans (uyg’unlashib) nurlanishi. Fotolyuminessentsiyadan lyuminessent lampalar, yorug’likni qayd qilish asboblari va boshqalarda foydalaniladi.