GAZ TURBINASI

GAZ TURBINASI — uzluksiz ishlaydigan issiqlik dvigateli. Bosim ostida turgan va yuqori temperaturaga ega bo’lgan gaz energiyasi Gaz turbinasining kurakli apparatida valning mexanik energiyasiga aylanadi. Siqilgan gaz yonish kamerasida, yadro reaktori va boshqalarda qizdiriladi. Gaz turbinami dvigatelnnng bir kismi sifatida paydo bo’lgan va tuzilishi jihatidan bug’turbinasitg o’xshaydi. Gaz turbinasi soplo apparati ish g’ildiragi bilan turbina pog’onasini tashkil etadi. Gaz turbinasining aktiv (faol) va reaktiv turbina xillari bor. Amalda barcha Gaz turbinasi ko’p pog’onali turbina hisoblanadi; quvvati 100 Mvtdan oshadi.