GAYMOR BO’SHLIG’I

GAYMOR BO’SHLIG’I — burunning qo’shimcha bo’shlig’i; yuqori jag’suyagining tanasida joylashgan. Ingliz Anatomi N. Gaymor aniqlagan (1651). Hozir bu bo’shliq tepa jag’kovagi nomi bilan ataladi. Gaymor bo’shlig’i turli shakl va hajmda bo’lib, tepadan yonoq suyagi, tashqaridan tepa jag’suyak tanasining yuz plastinkasi, pastdan qattiq (suyak) tanglay bilan chegaralangan. Ichki qismida joylashgan turli shakldagi teshik burun bo’shlig’iga ochiladi. Gaymor bo’shlig’ining devorlari qon tomirlarga boy shilliq qavat bilan qoplangan bo’lib, burun bo’shlig’iga kirgan havoni ilitib, namlab, chang tozalashda qatnashadi. Chaqaloq va yosh bolalarda Gaymor bo’shlig’i va uning shilliq qavati unchalik rivojlanmagan, hajmi kichik bo’lgani uchun sovuq havoda tez shamollab, yallig’lanishi mumkin.