GAMILTON

GAMILTON — Kanadaning Janubdagi shahar, Ontario provintsiyasida. Aholisi 600 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Ontario ko’lining g’arbiy sohilidagi port (yuk ortib tushirish 15 million tonna). Xalqaro aeroport. Mamlakatning yirik madaniy va sanoat markazi. Ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotining hajmi bo’yicha Kanadada 3-o’rindagi shahar. Qora metallurgiyaning yirik markazi. Elektrotexnika, metallsozlik, og’ir va transport mashinasozligi, to’qimachilik, tsellyuloza-qog’oz sanoati korxonalari, universitet, botanika bog’i bor. Shaharga 1813 yilda asos solingan.