GANDIKAP

GANDIKAP (inglizcha handicap) 1) sport musobaqasida raqib tomonlarning kuchini baravarlashtirish maqsadida kuchsizroq tomonga engillik berish. Belgilangan shartlar buyicha beriladigan yengillik (masofa yoki vaqtni qisqartirish) fora deyiladi. Fora darajasi musobaqa qatnashchilarining tayyorgarlikdagi farqlariga qarab belgilanadi. Gandikap yengil va og’ir atletika, qayiq sporti, suvda suzish, shaxmat, shashka musobaqalarida beriladi; 2) turli otlar qatnashadigan poyga.