GEOPOTENTSIAL

GEOPOTENTSIAL — yerning tortish kuchi va erning sutkalik aylanishi natijasida hosil bo’lgan markazdan qochma kuchlardan iborat kuch maydoni. Uning Quyosh, oy va koinotdagi boshqa jism hamda yer atmosferasi massasiga ham bog’liqligi bor. Potentsial sm2s~2 o’lchov birligiga ega. Og’irlik kuchining Yer massasini tortishi bilan bog’liq bo’lgan qismigina yer tortilish potentsiali yoki Geopotentsial deyiladi. Geopotentsial Yer shakli tuzilishini o’rganishda, astrodinamikada sun’iy yo’ldoshlar harakatini o’rganishda qo’llaniladi.