GREK-TURK URUSHI

GREK-TURK URUSHI (1919-22) -Gretsiyaning Turkiyaga qilgan urushi. Antanta davlatlari Gresiyani qo’llab- quvvatlagan. Grek-Turk urushi turk xalqining chet el bosqinchilariga qarshi milliy ozodlik harakatiga aylanib ketgan. Grek qo’shinlarining son jihatdan ustunligi, texnik jihatdan mukammal qurollanganligiga qaramay, turk qo’shinlari ularni bir necha marta (1921 yil 10 yanvar va 31 martda Inyonyuda, 1921 yil 23 avgust — 13 sentabrda Sakaryada, 1922 yil 30 avgustda Dumlupinarda) mag’lubiyatga uchratgan va 1922 yil 18 sentabrga kelib Anado- Lu hududini ozod qilishgan.