GO’RO’G’LI
GO’RO’G’LI (Ko’ro’g’li) — folklor obrazi. «Go’ro’g’li» turkum dostonlarining bosh qahramoni. O’zbek xalq dostonlarida Go’ro’g’li yurt, xalq, adolat osoyishtaligi uchun kurashgan g’oyatda Jasur, xalq botiri sifatida ta’riflanadi. U o’z davrida oddiy xalq orzu qilgan afsonaviy, erkin va farovon chambil yurtini barpo etgan, uni ichki va tashki dushmanlarga qarshi kurashuvchi botirlar yurtiga aylantirgan. Go’ro’g’lining qirq yigiti (Shodmonbek, Xoldorxon, Zamonbek, Xidirali elbegi va boshqalar) turli elat va qabilalarning botirlari bo’lib, undan ibrat oladilar. Chambilning shuhratini oshiradilar. Go’ro’g’li obrazi xalqorasida mardlik, jasorat, el-yurt manfaati yo’lida kurashuvchi yengilmas qahramon timsolidir.