UYUR
UYUR — orasida bir ayg’iri bo’lgan, erkin qochirish uchun tashkil etiladigan 10-30 biya to’dasi. Uyurlar qochirish mavsumi boshlanishidan oldin (aprel oyi boshlarida) shakllantiriladi va Uels tabiati manzarasi. yaylovda boqila boshlanadi, ayg’irlar tanlanadi. Uyurlar yaylovda biri ikkinchisidan ma’lum masofada alohida-alohida saklanadi. Ayg’irlar o’z uyurlarini qo’riqlaydi, soqchilik vazifasini o’taydi va ularga etakchilik kiladi, boshka ayg’irlarni yaqinlashtirmaydi. Qochirish mavsumi tugagach, ayg’irlar Uyurdan ajratib olinadi. 2-3 Uyur biriktirilib, yiriklashtiriladi.