Alunit
Alunit (fransuzcha alun — achchiqtosh) — alyuminiy, kaliy va boshqalardan iborat mineral. Alunitdan achchiqtosh, kaliy tuzlari, oltingugurt, sulfat kislota va alyuminiy olinadi. Alunitning Ozarbayjonda, O`zbekistonda esa Gushsoy, Oqtosh, Oqsoqota va boshqa joylarda konlari topilgan.