Asl metallar
Asl metallar — tabiatda kam uchraydigan qimmatli hossalari (kimyoviy reaksiyalarga chidamliligi, qiyin erishi, puxtaligi, chiroyliligi) bilan farq qiladigan metallar. Bunday metallardan tanga, kimyoviy idishlar, qimmatli priborlarning detallari, zebu-ziynat buyumlari yasaladi. Ular tabiatda kam qolgan va shuning uchun ham qimmatlidir.