Astronomiya

Astronomiya (yunoncha astron- yulduz, nomos — qonun) — osmon jismlari va Koinotning tuzilishi hamda taraqqiyoti haqidagi fan. Astronomiya astrofizika, radioastronomiya, yulduzlar astronomiyasi, osmon mexanikasi, kosmogoniya, kosmologiya kabi tarmoqlarga bolinadi. Astronomiya turli joylardagi aniq vaqtni, kenglik va uzunlikni belgilash, osmon sferasidagi yoritkichlar holatini, dengizdagi kema va osmondagi samolyotning ornini aniqlashga xizmat qiladigan maxsus asboblarni tasvirlash bilan ham shugullanadi. Astronomiyaning yangi sohasi — radioastronomiya katta ahamiyatga ega bolib, u osmon jismlarini, ulardan tarqaladigan radiotolqinlarni, shuningdek, Yerdan jonatilib, ulardan aks etgan radiosignallarni kuzatish yoli bilan organadi.