Atlas

Atlas (Liviyaning afsonaviy podshosi nomidan) — geografik, geologik, tarixiy, astronomik, talimiy va b. xaritalarning sistemali toplami; umumiy dastur asosida albom shaklida tayyorlanadi. Qol yozma xaritalarning birinchi toplami milodning ikkinchi asrida qadimiy yunon olimi Klavdiy Ptolemey tomonidan yaratilgan. Geografik atlaslar XVI asrdan keng tarqala boshlagan. Hozirgi geografik atlaslarning oziga xos xususiyati shundaki, ulardagi xaritalar bir-biriga muvofiq boladi, bir-birini toldiradi. Geografik atlaslar goyatda xilma-xil. Ular dunyo atlaslari ayrim mamlakat, olka atlaslari, umumiy geografik atlaslar, maxsus xaritalar atlaslari, kompleks atlaslar, turistik, yol, darslik va boshqa atlaslarga bo`linadi.