Aqba, aqaba

Aqba, aqaba (arabcha aqaba — dovon, togyoli, kopligi aqabot) -Orta Osiyoda tarqalgan geografik atama. IX-X asrlardagi arabiynavis geograflarning asarlarida kop uchraydi. Aqba sozi X asrda fors-tojik tilida yozilgan «Hudud ul-olam» va «Tarixi Tabariy» asarlarida ham tilga olinadi. Hozir bu atama, asosan, geografik nomlar tarkibida qolgan. Turkiston, Zarafshon tizmalarida va Pomir toglarida aqba sozidan tuzilgan onlab dovonni uchratish mumkin: Aqbaboshi, Aqbavodimiy, Aqbai Obburdan, Aqbai Gishxun, Choshi aqba va hakazo. Bu atama axba, agba, ovga shakllarida Ozbekistonning bir qancha joylarida turli xil ma’noda ishlatiladi. Masalan, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ba’zi tumanlarida dovonga chiqiladigan tik yolni ovga deyishadi va h.k.