Aholining zichligi

Aholining zichligi — hududdada aholining joylashuv darajasi. Mamlakat yoki rayon aholisi sonini maydon kolamiga. taqsimlash yoli bilan hisoblab chiqariladi. Aholining ortacha zichligini topish uchun barcha aholi soni maydonga taqsimlanadi. Qishloq aholisining zichligini topish uchun barcha qishloq aholisi mamlakatning (rayonning) shaharlar hududidan boshqa maydoniga taqsimlanadi. Qishloq xojaligi aholisi zichligini topish uchun qishloq xo`jaligi aholisi soni foydalanilayotgan yerlar maydoniga taqsimlanadi.