Baliq (balig`)
Baliq (balig`) — qadimiy turkiy tilda «shahar» degan so`z. Turkiy runik yozuvlarda, «Devonu lug`otit-turk»da qayd qilingan; eski joy nomlari tarkibida ko`p uchraydi: Beshbaliq (Sharqiy Turkiston), Xonbaliq (Pekin shahrining qadimiy turkiy nomi) va h.k.