Bar

Bar (inglizcha bar – to`siq) – 1) dengizning qirg`oqqa yaqin qismida unga parallel cho`zilgan, qum yoki chig`anoqlar to`plamidan hosil bo`lgan kambar to`siq, quruqlik. To`lqin keltirmalaridan hosil buladi. Ba’zan yuzlab km ga cho`ziladi. Dengizning chekka qismini ajratib qo`yib, qo`ltiqlar, lagunalar, laguna ko`llar hosil qiladi. Daryolar quyiladigan joydagi suv osti qum to`sig`i ham bar deyiladi;

2) bosim birligi: 1 bar 1 sm.kv maydonga 1 mln. dina kuch bilan bo`lgan bosimga teng. Barning mingdan bir bo`lagi millibar deyiladi.