Botqoqlik

Botqoqlik — doimo yoki uzoq vaqt zax bo`lib yotadigan joy. Botqoqlikda torf qatlami (0,2-0,3 m) bo`ladi, o`simliklarning ildizlari torf ostidagi gruntga yetib bor- maydi. Torf qatlami yupqa bo`lsa, botqoqlashgan yerlar deb ataladi. Botqoqlik o`rmoni kesilib ketgan yoki kuyib ketgan joylarda va o`tloqlarni uzoq muddat suv bosishi, shuningdek, sayoz suv havzalarini o`t qoplashi natijasida hosil buladi. Botqoqliklarning ko`p qismi shimoliy yarim sharda joylashgan. Yevropada 0,6 mln km.kv, Osiyoda 1,5 mln. km.kv. O`rta Osiyo hududida botqoqliklar yirik daryolar (Amudaryo, Sirdaryo, Chu va Ili daryolari) vodiysida, yoyilmalarning tevarak atroflarida va pastqam joylarda uchraydi.