Briz

Briz (fransuzcha brise — shabada) -dengizlar, katta ko`llar, ba’zi yirik daryolar sohilida esadigan mayin shamollar. Briz quruqlikning suvga qaraganda kunduzi tez isib, kechasi tez sovishi natijasida quruqlik bilan suv ustidagi havoning haroati va bosimida tafovut paydo bo`lishi oqibatida vujudga keladi. Briz kunduzi suvdan quruqlikka, kechasi esa, aksincha, quruqlikdan suvga qarab esadi va qirg`oqning har ikki tomonida bir necha km dan bir necha o`n km gacha masofada esadi.