AHOLINING PUL DAROMADLARI
AHOLINING PUL DAROMADLARI — ishchi va xizmatchilarning ish haqi jamoa xo’jaligi a’zolarining mehnat haqi, ijtimoiy va shaxsiy yordamchi xo’jaliklardan tushadigan pul va moddiy buyum shaklidagi daromadlar, ijtimoiy iste’mol fondidan to’ lovlar (pensiya, nafaqa, stipendiya), zayom va lotoreyalarga yutuqlar, aksiyasi uchun olgan dividendi, jamg’arma bankiga qo’ygan omonatlaridan keladigan foizlar, sug’urta tushumlari va boshqa manbalardan hosil bo’ladigan hamda pul shaklida mehnatkashlar qo’liga tegadigan daromad va tushumlardir. Aholi pul daromadlarining asosiy manbayi ish haqidir.