AKSIYA

AKSIYA — frans. “action” so’zidan olingan bo’lib, aksiyador shirkat, jamiyat chiqargan qimmatbaho qog’oz bo’lib, unga ega bo’lgan a’zoga jamiyatni boshqarishda qatnashish, foydadan ulushini olish va jamiyat tarqalib ketgan holda uning mol-mulklarini taqsimlashda qatnashish huquqini beradi. Aksiya qiymati aksiyadorlar tomonidan so‘m bilan yoki xorijiy valyutalarda to’lanishi mumkin. Biror mulkni aksiyador jamiyat mulkiga o’tkazishi yoki uni foydalanishga berishi mumkin. Aksiyadorlar jamiyatining a’zolari aksiyalar qiymatini jamiyatga qaysi shakl va ko’rinishda to’lashlaridan qat’i nazar, u so’mda ifodalanadi. Aksiyaning eng kichik nominal qiymati 100 so‘m. Aksiyadorlarga aksiyalarining nominal qiymati summasiga teng miqdorda sertifikat berilishi mumkin. Aksiya bo’linmasdir. Agar 1 ta aksiya bir necha kishiga tegishli bo’lsa ham ularning barchasi aksiyadorlar jamiyati tomonidan 1 ta a’zo sifatida tan olinadi va o’z huquqlarini umumiy vakil orqali amalga oshirishlari mumkin. Aksiyada quyidagilar ko’rsatilgan bo’lishi lozim: aksiyadorlar jamiyatining nomi va manzili; qimmatli aksiyalarning nazorat paketi — aksiya egasiga aksiyadorlar jamiyatida amaldagi hukmronligini ta’minlaydigan aksiyalar miqdori; u aksiyadorlar jamiyatining yig’ilishlarida hal qiluvchi ovozga ega bo’lish huquqini beradi. Aksiyalarning nazorat paketiga egalik qilish amalda aksiyadorlar jamiyatida hukmronlikni ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish bilan davlat ham yirik tashkilotlar aksiyalarining nazorat paketiga ega bo’lishi mumkin.