AKSELERATOR
AKSELERATOR — iqtisodiyotda iste’molchilik sarf-xarajatlar hajmi o’zgarishi bilan yuzaga keladigan kapital qo’yilmalar hajmi o’zgarishini tavsif etuvchi ko’rsatkich. Akseleratsiya prinsipining mohiyati shundan iboratki, iqtisodiyotda iste’molchilik xarajatlari dinamikasi investitsiyalar hajmi dinamikasiga o’z tasirini ko’rsatadi: iste’molchilik xarajatlarining sezilarli o’sishi investitsion faollikni yuzaga keltiradi, rag’batlantiradi va aksincha.