AKTUARIY

AKTUARIY — lotin tilidan tarjima qilganda, hisobchi degan ma’noni bildiradi. Aktuar hisob-kitoblar nazariyasini o’zlashtirib olgan sug’urta matematikasi sohasidagi mutaxassis. U sug’urta tariflarini hisoblash va metodologiyasini ishlab chiqish, uzoq muddatli sug’urta turlari bo’yicha sug’urta zaxiralarini shakllantirish bilan bog’liq hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan shug’ullanadi. Hozirgi paytda Angliyada aktuariylar instituti faoliyat ko’rsatmoqda. Aktuariylarning xalqaro uyushmasi mavjud.