ANANAVIY IQTISODIYOT
ANANAVIY IQTISODIYOT — iqtisodiy tizim. Unda ishlab chiqarish texnikasi, ayirboshlash, daromadlarni taqsimlash avloddan-avlodga o’tuvchi an analarga asoslanadi. Texnika taraqqiyoti va yangiliklarni tatbiq etish cheklangan, chunki ular ananalar bilan to’qnashib, ijtimoiy tuzilmaning barqarorligiga xavf soladi. Diniy va madaniy qadriyatlar iqtisodiy faoliyatga nisbatan birlamchi hisoblanadi. Jamiyat oldida turuvchi muammolar o’sha ananalar va urfodatlar asosida hal etiladi. Bunday iqtisodiy tizim sust rivojlangan mamlakatlarga xosdir.