BANKLAR LIKVIDLIGI
BANKLAR LIKVIDLIGI — banklar aktivlarining qisqa muddat ichida pulga aylanish qobiliyati. Likvidlik bank majburiyatlarini bajarish va aktivlar o’sishini moliyalash bilan birgalikda depozitlar va qarz mablag’lari darajasining pasayishini samarali boshqarishni ham bildiradi.