BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI (BMT)

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI (BMT) — davlatlarning jahonning muhim muammolarini hal etish uchun tuzgan tashkilotidir. BMT xalqlarning tinch-totuv yashashiga bo’lgan ezgu irodasining ramzi, insoniyat ma’naviy taraqqiyotining yorqin nishonasidir. Jahon hamjamiyatiga dadil qadamlar bilan kirib borayotgan mustaqil O’zbekiston bu nufuzli tashkilotga l993-yilning mart oyida a’zo bo’ldi. Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimovning 1993-yil 26-28- sentabr kunlari Nyu-Yorkka qilgan safari tarixiy voqea bo’ldi. Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida birinchi marta mustaqil O’zbekiston vakili sifatida nutq so’zladi.