BOJXONA ВOJLARINING STAVKALARI

BOJXONA ВOJLARINING STAVKALARI — hukumat tomonidan o’rnatilib, yagona hisoblanadi va chegaradan mahsulotlarni olib o’tuvchi shaxslarga bog’liq bo’lmagan holda o’zgarmasdir. Tashqi iqtisodiy faoliyatni operativ ravishda tartibga solishning instrumenti bo’lib xizmat qiladi. Ularning quyidagi turlari bo’lishi mumkin: a) advalor stavkalar (boj undiriladigan mahsulotlarning boj qiymatiga nisbatan foizda o’rnatiladi); b) maxsus stavkalar (boj undiriladigan mahsulotning birligiga nisbatan aniqlanadi); v) kombinatsiyalashtirilgan stavkalar (boj undirishning dastlabki ikki varianti birgalikda qo’llaniladi).