BOSH DAFTAR
BOSH DAFTAR — sintetik hisob yuritish uchun tayinlangan hisob registri. Hisobning jurnal-order shaklida qo’llaniladi. Bosh daftar yil davomida hisob yuritish uchun mo’ljallangan. Unda mazkur korxonada qo’llaniladigan barcha sintetik schyotlar ochiladi. Schyotlarbo’yicha 1-yanvarga qoldiq (saldo) yozilib, har oyda jurnal orderlarning jami ma’lumotlari yoziladi va oy bo’yicha aylanmalari (oborotlari) jamlanib, oy oxiriga saldosi chiqariladi. Hisobning jurnal-order shaklida ma’Iumotlar bosh daftar ma’lumotlaridan olib yoziladi. Jurnal-orderlarda yozuvlar hujjatlaming kelib tushishiga qarab yoki jamg’arma vedomostlardan oy bo’yicha jami aks ettiriladi. Oy oxirida jurnal-orderlarning jami bosh daftarga o’tkaziladi. Bosh daftarda har bir schyot bo’yicha kredit aylanmasining summasi bir joyda aks ettiriladi, debet aylanmasi esa kreditlanuvchi schyotlar bilan korrespondentlangan holda aks ettiriladi. Barcha schyotlar bo’yicha debet va kredit aylanmalari teng bo’lishi kerak. Shunday qilib, bosh daftarda joriy hisob malumotlari umumlashtiriladi va alohida schyotlar bo’yicha yozuvlar o’zaro tekshiriladi. Bosh daftarga va zarur bo’lgan hollarda jurnal-order ma lumotlariga asosan buxgalteriya balansi tuziladi.