BOSHQA DEPOZIT KORXONALAR
BOSHQA DEPOZIT KORXONALAR — ushbu kichik sektor markaziy bankdan tashqari barcha rezidentlik moliyaviy korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalarni o’z ichiga oladi. Bu korporatsiyalarning asosiy faoliyati moliyaviy vositachilik bo’lib, ularning passivlari omonat shaklidagi qisqa muddatli depozit sertifikatlaridan iboratdir. Bu sertifikatlar keng ma’noda pul massasi ko’rsatkichi tarkibiga qo’shiluvchi omonatlar o’rnini bosadi.