BOSHQA MA’LUMOTLAR

BOSHQA MA’LUMOTLAR — xo’jalik yurituvchi subyekt hisob obyektlari to’g’risidagi ma’lumot bo’lib, bu obyektlarning miqdori yoki sifatini ifodalaydi. Ushbu ma’lumotlar buxgalteriya hisoboti tuzish, tahlil o’tkazish va boshqarish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi obyektlari deganda, xo’jalik yurituvchi subyekt mulki, uning majburiyatlari va o’z faoliyati davomida amalga oshiradigan xo’jalik operatsiyalari tushuniladi.