FIZIOKRATLAR

FIZIOKRATLAR — yunoncha “tabiat” va “hokimiyat” so’zlaridan tashkil topgan bo’lib, XVIII asr Fransiya klassik burjua siyosiy iqtisodining namoyandalari. F. Kene ushbu maktab asoschisi hisoblanadi. (Fiziokratiya — tabiat hukmronligi). Fiziokratlar ishlab chiqarishni haqli ravishda ijtimoiy boylikning manbayi deb hisoblaganlar, ammo qishloq xo’jaligi tarmog’i bilan cheklanib qolganlar. Ular qishloq xo’jaligidagina sof mahsulot, foyda vujudga keladi, shuning uchun ushbu tarmoqda sarf etilgan mehnatni unumli, ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlarida qishloq xo’jaligida hosil etilgan boylik qayta ishlanganligi uchun yerdagi mehnatni unumsiz mehnat deb hisoblaganlar. Vaqt o’tishi bilan fiziokratlarning qarashlari bir yoqlama ekanligi ayon bo’ldi. Ular boylikning o’sishini yerning tabiiy hosildorligi bilan bog’lab, buning asosida sanoatni tarmoq deb hisoblamaganlar. Ammo tabiat o’z yo’lida kapital, mehnatni ishga solmay turib jamiyatni boy qila ololmaydi. Biroq shunga qaramasdan fiziokratlar ishlab chiqarishni yaxlit holda tadqiq qilishga asos soldilar, ular cheklanmagan holda xususiy mulk hukmronligi, erkin raqobat va tashqi savdo erkinligi tarafdori bo’lganlar. Ular birinchi marta kapitalni yillik avanslar ko’rinishida tadqiq qilishga asos soldilar, takror ishlab chiqarish qonunlari va ijtimoiy mahsulotning taqsimlanishini tadqiq etishga harakat qildilar.