ME’YORIY UNUMDОRLIKNING KAMAYISHI QONUNI

ME’YORIY UNUMDОRLIKNING KAMAYISHI QONUNI — mahsulot ishlab chiqarishga sarf qilinadigan o‘zgaruvchan omilning qo‘shimcha birligi oldingisiga nisbatan mahsulot hajmining kamroq ortishiga olib keladi. Faraz qilamizki, korxonada dastgohlar va ishchilar bor, ishlab chiqarish bir smenada tashkil qilingan. Endi korxonaga yana qo’shimcha ishchilarni ishga yollab, ishlab chiqarishni ikki smenali, so’ng uch smenali qilib tashkil qiladi. Bunda ishlab chiqarish unumdorligi va korxona daromadliligi oshib boradi. Agarda yana ishchilar yollanadigan bo’lsa, unumdorlik oshmaydi. Doimiy omil hisoblangan dastgohlarning o’z imkoniyatlari tugagan bo’ladi. Unga qo’shimcha resurslarni jalb etish oldingi samarani bermaydi, balki shu vaqtdan boshlab ishlab chiqarishga qo’shimcha sarflar samaradorligi past, mahsulot birligiga sarflar oshib boradi. Agar ishlab chiqarish qurollari (dastgohlar) ni yangilasa, yana unumdorlik oshib boradi. Lekin ma’lum vaqt o’tgandan so’ng yuqorida biz qayd qilgan hoi yana qaytariladi. Ushbu qonun qisqa vaqt mobaynida harakat qiladi.