MERKANTILIZM

MERKANTILIZM (ital. sotuvchi, savdogar) — iqtisodiy ta’limotning fan sifatida shakllana boshlashida yuzaga kelgan dastlabki iqtisodiy ta’limot. Merkantilizm ta’limotiga farang olimi A. Monkreten, ingliz olimlari U. Stafford, T. Men, A. Serra va boshqalar asos solganlar. Ularning ilmiy izlanishlarini muomala sohasi, savdo kapitali tashkil etgan. Ular ijtimoiy boylikning o’sish manbayini ishlab chiqarish sohasida emas, balki muomala sohasida savdodan izlaganlar. Buning natijasida foyda muomala sohasidagina vujudga keladi, millatning boyligi pul bilan belgilanadi, degan xulosaga kelganlar.