MOLIYA

MOLIYA — taqsimot xarakteriga ega bo’lgan, pul ko’rinishidagi daromad va yig’imlar shaklida moddiylashuvchi, o’zaro bog’liq iqtisodiy munosabatlar majmuyi bo’lib, xo’jalik yurituvchi subyektlar va davlat tomonidan kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, ishchilarni moddiy rag’batlantirish, jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo’naltiriladi. Moliyaning asosiy ikkita funksiyasi mavjud bo’lib, ular: taqsimlash va qayta taqsimlash hamda nazorat.