MARKETING FAOLIYATI
MARKETING FAOLIYATI — l) tadbirkorlik sohasida bajariladigan ishlar va vazifalar turi; 2) talabni shakllantirish va takror ishlab chiqarish, firmaning foyda olishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriluvchi marketing funksiyalari (marketing tadqiqotlari, savdo, narxning hosil bo‘lishi, tovarni yetkazib berish, marketing razvedkasi, benchmarketing va h.k.) bilan bog’liq faoliyat; 3) bozor iqtisodiyotida takror ishlab chiqarish zanjirining barcha bo’g’inlarida marketing vositalari va falsafasini qo’llash jarayonini qamrab oluvchi hamda tovar yoki xizmat talabini qondirish va foyda keltirish uchun nimani, qayerda, qancha va qanday qilib ishlab chiqarish lozim degan savollarga javob berishga imkon beruvchi har qanday faoliyat.