NEOLIBERALIZM

NEOLIBERALIZM — iqtisodiyot nazariyasidagi ushbu yo’nalish iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashga qarshi chiqadi. Hozirgi zamon neoliberalizmi ikkita, chunonchi, bozor xo’jaligi yuritishning samarali shakli sifatida iqtisodiy o’sishga yaxshi sharoit yaratadi va iqtisodiy faoliyat sub’yektlarining erkinligi ustuvor bo‘lishi kerak degan xulosaga asoslanadi. Asosiy vakillari L. fon Mizes (1881- 1973), F. fon Xayek (1899-1992) bo’lib, bu oqim Avstriya maktabi deb ham yuritiladi. Sotsialistik (imperativ) rejalashtirishga qat’iy qarshi, chunki bu rejalangan tartibsizlikka olib keladi, mehnat taqsimoti, xususiy mulk va erkin almashuv tsivilizatsiyaning mutlaq asosi deb sanaladi. Xayek 1974 yilda Nobel mukofoti sovrindori bo’lgan. Neoliberalizm g‘oyalari asosida “Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti” yuzaga keladi, uning asoschilari — nemis olimlari V.Rebke (1899-1966), V.Oyken (1891-1950), L.Erhard (1897- 1977)lardir. Bu konsepsiya GFR va Shvetsiyada yaxshi natija berdi, uning asosiy g’oyalari mustaqil O’zbekiston iqtisodiyotida qo’IIanilmoqda. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining asosiy qoidalari: erkin baholarning zarurligi; erkin raqobat; talab va taklifning muvozanati; iqtisodiyotning muvozanati; davlat bozor xo’jaligida shu shartlarni kafolatlashi va uning ijtimoiy yo’naltirilgan rivojini ta’minlash. Neoliberalizm nafaqat ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan, balki kapitalizmning erkin raqobatlarga asoslangan davridan ham qat’iyan farq qiladi. Mustaqil O’zbekistonda undan ijobiy foydalanilmoqda.