MEROSXO’RLAR

MEROSXO’RLAR — qonunga muvofiq ikki toifaga bo’linadi: l) birinchi darajali (navbatdagi) merosxo’rlar — vafot etgan shaxsning bolalari, xotini (eri), ota-onasi, vafot etgandan so’ng tug’ilgan farzand; 2) ikkinchi darajali (navbatdagi) merosxo’rlar — vafot etgan shaxsning akaukalari, opa-singillari, ota yoki ona tomonidan bobosi va momosi. Ikkinchi darajali (navbatdagi) merosxo’rlar qonun bo’yicha birinchi darajali (navbatdagi) merosxo’rlar bo’lmaganda, ular tomonidan meros qabul qilinmaganda yoki vasiyatchi tomonidan ular meros qabul qilish huquqidan mahrum etilganda, merosni qabul qilishga chaqiriladilar.