OLTIN ANDOZA VALYUTA TIZIMI

OLTIN ANDOZA VALYUTA TIZIMI — XIX asr oxirida yuzaga kelgan valyuta tizimi bo’lib, unga ko’ra ayrim mamlakatlarning valyutasi boshqa mamlakat bozorida oltinga erkin almashtirilgan. 1930-yillardagi butun dunyoni qoplagan “Buyuk depressiya” davrida oltin andozaga bog’langan turli mamlakatlar to’lov balansida kamomad yuzaga kelib, oltin zaxiralarining oqib chiqib ketishining oldini olish va eksportni rag’batlantirish maqsadida ko’p mamlakatlar o’z milliy valyutalarini oltinga nisbatan devalvatsiya qila boshladilar va natijada oltin andoza valyuta tizimi izdan chiqib ketadi. 1944-yilda ko’pgina ittifoqchi mamlakatlar o’zaro kelishilgan holda oltin andozaga asoslangan valyuta tizimini qayta tashkil etadilar. Mamlakat agarda 3 ta shartni bajarsa, oltin andozaga qabul etilgan hisoblanadi: a) o’zining pul birligiga ma’lum miqdorda oltin o’matish; b) mavjud oltin zaxirasi bilan taklif etayotgan pul miqdori o’rtasida qat’iy nisbatni saqlash; d) oltinning erkin eksport va importiga qarshilik ko’rsatmaslik. Bunda xalqaro valyuta fondi (XVF) tashkil etilib, AQSH dollari mamlakatlar o’rtasida asosiy vositachi valyuta qilib belgilanadi. Unga a’zo davlatlar savdo balanslarida yuzaga kelgan nomutanosiblikni valyutalarini devalvatsiya qilish yo’li bilan izga solishga haqlari bo’lmaydi. Turli mamlakatlar valyutalarining o’zaro kursi o’zining pul birligiga belgilangan oltin miqdoriga ko’ra aniqlanadi. Mamlakatlar to’lov balansidagi kamomadni oltin zaxirasini chiqarib sotishi yoki XVFdan qarz olish yo’li bilan qoplashlari mumkin bo’ladi. Lekin jahondagi pul zaxirasining o’sishi qazib olinayotgan oltin miqdoriga bog’liq bo’lib qoldi, shuningdek, oltin zaxiralarining o’sishi xalqaro savdo va moliya miqyoslarining o’sishidan orqada qola boshladi. Bu orada chet mamlakatlarga chiqib ketgan. AQSH dollari miqdori ko’payib, savdo balansidagi kamomad ortib ketdi, ularda dollami oltinga aylantirib olishga shubha tug’ila boshlandi. Shunga ko’ra, 1971-yil avgustda AQSH hukumati dollarning oltinga andoza valyuta tizimi ham tugadi.