ALIXO’JAYEV

ALIXO’JAYEV O’lmas Safoyevich (1941.30.6, Urganch) — O’zbekiston xalq artisti (1983). Toshkent Davlat teatr va rassomlik san’ati intini tugatgan (1964). 1962-96 yillar «O’zbekfilm»da aktyor. 1996 yildan «O’zbekkino» kompaniyasida bo’lim boshlig’i. 40 dan ortiq filmda suratga tushgan. Asosiy rollari: Ali Qushchi («Ulug’bek yulduzi»), Muzaffar («Natashaxonim»), Otabek («O’tgan kunlar»), Yodgor Hamidov («Shiddat»), G’ulom Ahmedov, Safoyev («Tinchlik kunlari», «Kul ostidagi cho’g'», Tojikfilm), Sulaymonov («Davlat chegarasi», Belorusfilm) va boshqalar. Rollarida kuchli dramatizm, psixologik teranlikka erishdi.