ALISHAR-XYOYUK

ALISHAR-XYOYUK — Anadolu (Turkiya)dagi arxeologik qatlamli tepa. Yozgat shahridan qariyb 50 kilometr Janubi-Sharqda joylashgan. Qazilma ishlari 1927-32 yillarda olib borilgan. Bu yerda ilk marotaba kichik Osiyo platosi uchun arxeologik madaniyatlarning miloddan avvalgi 4-ming yillikdan to miloddan avvalgi 1-ming yillik o’rtalarigacha bo’lgan tadrijiy rivojlanish bosqichlari aniqlandi.