ALKALIMETRIYA

ALKALIMETRIYA (Arabcha, alqaly-ishqor va Yunoncha metreo — o’lchayapman) — ishqor miqdorini aniqlashda hajmiy analizning neytrallanish reaktsiyasiga aeoslangan usuli. Bunda tekshirilayotgan eritmaga ma’lum kontsentrasiyali kislota oz-ozdan qo’shib boriladi. Reaktsiyaning oxiri ilgaridan qo’shib qo’yilgan indikator rangining o’zgarishiga qarab bilinadi. Ishqor miqdori sarflangan kislota miqdoriga qarab aniqlanadi. Eritmalar rangli bo’lsa, titrlash usulidan foydalaniladi. Alkalemetriyadan eritmadagi ishqor, soda kabi aralashmalar miqdorini, suvning qattiqligini aniqlashda foydalaniladi.