Zarang yer

Zarang yer — qattiq, zich tuproqli yer. Zarang yer tuproq hosil qiluvchi jinslar juda mayda zarrali (chang), chirindi kam, tarkibida gips, tuz mavjud bo`lganda vujudga keladi. Bunday yerga suv singmaydi. Yog`ingarchilik davrida ko`lmaklar hosil bo`ladi. Qurgoqchilik vaqtda yer yuzasi yorilib-yorilib ketadi. Tuproq berch bo`ladi.