Patsimon bulut
Patsimon bulut — bulutlarning xalqaro klassifikatsiyasidagi o`n xil bulutning biri — Cirrus (ci). Uzun cho`zilgan patlar shaklida bo`ladi. Muz kristallchalaridan iborat. Troposferaning yuqori qismida juda past haroratda vujudga keladi. Ba’zi patsimon bulutlar atmosfera fronti yaqinlashayotganda front yuzasi bo`ylab yuqoriga ko`tarilayotgan iliq havodan hosil bo`ladi. Bunday patsimon bulut atmosfera fronti darakchisidir. Bunday bulutlar g`arb tomonda go`yo bir nuqtadan chiqib kelayotganga o`xshaydi.
O‘xshash so‘zlar
- Patsimon to`p bulut
- Patsimon qat-qat bulut
- Paxta
- Paynov
- Pelagial
- Pelagial organizmlar
- Pelagial yotqiziqlar
- Pelitlar











