Provinsiallik

Provinsiallik— landshaftlarning bir tabiat zonasi doirasida geografik uzunlik yo`nalishida almashina borishi. Provinsiallikka asosiy sabab materik chekkasidan ichkarisiga tomon iqlimlarning o`zgarishidir. Masalan, tayga zonasi Rossiya tekisligida, G`arbiy Sibirda, O`rta Sibirda, Shimoli-Sharqiy Sibirda va Uzoq Sharqda mustaqil tabiiy geografik provinsiyalar hosil qiladi.