Plankton

Plankton (yunoncha planktos- sayyor) — harakat organlari bo`lmagan va suvda oqib yuradigan organizmlar. Plankton orasida hayvonlar ham (zooplankton), o`simliklar, xususan suvutlar ham (fitoplankton) bor. Plankton baliq va boshqa dengiz hayvonlari, jumladan kitlar uchun oziq bo`lib xizmat qiladi. Kislorodga boy mo`tadil sovuq suvlarda, masalan, Barens, Azov, Kaspiy va Yapon dengizlarida plankton ayniqsa ko`p bo`ladi.